Jahon | 21:39 / 23.01.2023
19153
1 daqiqa o‘qiladi

Mo‘g‘ulistonlik ayol xotira chempionatida rekord o‘rnatdi 

Tenuun Tamir 5 daqiqa ichida 624 ta raqamni eslab qoldi. 

Tenuun Tamir

Mo‘g‘ulistonlik Tenuun Tamir xotira bo‘yicha o‘tkazilgan onlayn jahon chempionatida 400 nafar ishtirokchi orasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

U «Raqamlarni tezkor eslab qolish» nominatsiyasida 5 daqiqada 624 ta raqamni yodda saqlab, takrorlay oldi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. 

Bundan oldingi jahon rekordi 616 ta raqam bo‘lib, xitoylik erkakka tegishli edi. Tenuun uni 3 yildan keyin yangiladi. 

Qayd qilinishicha, 31 yil davomida atigi uch nafar ishtirokchi 5 daqiqada 600 dan ortiq raqamni yodda saqlay olgan. 

Xotira bo‘yicha jahon chempionatida Mo‘g‘uliston milliy jamoasi 20 ta oltin, 15 ta kumush va 19 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumiy g‘alabaga erishdi. 

Mavzuga oid