O‘zbekiston | 11:37 / 24.01.2023
6875
1 daqiqa o‘qiladi

Aviatashuvchilarga subsidiya berish muddati uzaytirildi

Mahalliy aviaqatnovlar va ichki turizmni, mintaqaviy aviatashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangani munosabati bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar xarajatlari bir qismini respublika budjetidan qaytarish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Kun.uz

Maxsus komissiya yo‘lovchi tashuvchilar, turoperator (turagent) va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning kiritgan takliflariga asosan subsidiyalanadigan avia va temiryo‘l qatnovlari yo‘nalishlarini hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni belgilaydi.

Hujjat bilan mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini aviatashuvchilarga qaytarish tartibi o‘zgartirildi.

Subsidiya 2021 yil 1 martdan 2022 yil 1 iyungacha sayohat tashkilotchilariga - O‘zbekiston fuqarolari va respublikada doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun tashkil etilgan turlar yuzasidan transport chiptalari narxining 15 foizi hamda mehmonxona xizmatlari narxining 10 foizi miqdorida ajratildi.

Aviatashuvchilarga ichki turizm, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarda aviachipta narxi 25 foizi miqdorida subsidiya 2026 yil 1 yanvargacha ajratiladi (ilgari subsidiya berish muddati 2022 yilning 1 iyuniga qadar bo‘lgan).

Mavzuga oid