Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Belarusga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlagani uchun Belarusga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorladi, deb yozadi Bloomberg.
Bu chora-tadbirlar asosan YeI tomonidan Moskvaga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar, jumladan, asosiy texnologiyalar va energetika sohasiga tegishli cheklovlarni takrorlaydi.
Boshqa narsalar qatorida:
- harbiy maqsadlarda qo‘llanadigan ikki maqsadli tovarlar va texnologiyalarni Belarusga yetkazib berishga embargo;
- qimmatbaho tovarlar, investitsiyalar va ayrim xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha savdo cheklovlari;
- Belarusga neft, ko‘mir, po‘lat mahsulotlari va oltin sotishni taqiqlash.
Loyihada istisnolar ham nazarda tutilgan - dori vositalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan.
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
14:36 / 23.05.2025