Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  
Tungi ko‘rinish
 
                                    O‘zbekiston | 13:45 / 31.01.2023 
                                    
                                
                                        
                                        21314
                                    
                                    
                                        
                                        1 daqiqa o‘qiladi
                                    
                                                                        
                                Yoshlar siyosati va sport vaziriga 3 nafar o‘rinbosar tayinlandi
                                    Durdona Rahimova / Foto: Toshkent shahar hokimligi
Yoshlar siyosati va sport vazirligi rahbariyatida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
Prezident qarori bilan:
- Durdona Rahimova yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
 - Shahrillo Mahmudov yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
 - Murod Ismoilov yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
 
Abdulla Aslonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Bundan oldin Sportni rivojlantirish vazirligi negizida tashkil etilgan Yoshlar siyosati va sport vazirligiga sobiq sport vaziri Adham Ikromov tayinlangandi.