Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishni monitoring qilish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish tadbirlarini monitoring qilish, baholash va hisobot shakllarini ishlab chiqish hamda ularning natijalarini chop etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlari hamda tog‘-kon va boshqa sanoat korxonalariga ajratilgan yerlar – yer degradatsiyasiga qarshi kurashish hamda uning oldini olish jarayonlarini monitoring qilish obekti hisoblanadi.
Yerlar degradatsiyasi va unga qarshi kurashish tadbirlariga oid ma’lumotlar “Yer degradatsiyasi geoaxborot tizimi”ning elektron xaritasiga (qatlamlar va atributlar asosida) muntazam onlayn tarzda kiritib boriladi.
Monitoring hamda tuproq tadqiqoti natijalariga ko‘ra yer maydonlari degradatsiyasi darajasi quyidagicha baholanadi:
- yerning tuzilishi buzilmagan;
- antropogen ta’sirida buzilgan;
- degradatsiyaga uchramagan;
- kuchsiz degradatsiyalangan;
- o‘rta degradatsiyalangan;
- kuchli degradatsiyalangan;
- o‘ta kuchli degradatsiyalangan.
Monitoring natijalariga ko‘ra o‘rganilgan hududda degradatsiya holatlari aniqlangan taqdirda, 5 ish kunida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma loyihasi ishlab chiqiladi. Majburiy ko‘rsatma 3 ish kunida tegishli mas’ul vazirlik va idoralar yoki sanoat korxonalariga ijro uchun yuboriladi.
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
11:33 / 28.03.2025