O‘zbekiston | 18:40 / 06.02.2023
17153
2 daqiqa o‘qiladi

Tog‘lari va chuqur g‘orlari bor qishloq – Imom ota | Manzil

Bu safar “Manzil” jamoasi Andijon viloyatining Imom ota qishlog‘iga yo‘l oldi. Qishloq Xo‘jaobod tumanida, Tosh ota qishlog‘idan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan.

Imom ota – o‘zining o‘zgarmas musaffo tabiati bilan mashhur. U Qirtoshtog‘ning go‘zal tog‘lari va tepaliklari bilan o‘ralgan. Butun qishloq bo‘ylab kichik daryo oqib o‘tadi va uning manbalari Chilustun tizmasi etaklaridagi buloqdan boshlanadi.

Buloqdagi suv shifobaxsh xususiyatlarga ega, ta’mi esa ozgina sho‘r. Kunlar isiganda yaqin-atrofda yam-yashil, gullarga burkangan Xo‘jaobod tumanidagi tog‘larning pastak cho‘qqilarini ko‘rish mumkin.

Bu ekoburchakdagi havo shaffof, tog‘ havosining organizmga terapevtik ta’siri isbotlangan, bronxlar va o‘pkalarni tozalovchi xususiyatga ega.

Qishloq atrofidagi tog‘larda insonlar tubiga yetib bormagan g‘orlar bor.

Ajoyib maskan haqida ko‘rsatuvni tomosha qilib ko‘proq ma’lumot olasiz. Aytishadi-ku, ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Mavzuga oid