Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Tszyan Yanni qabul qildi.
Davlat rahbari elchining O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi sermahsul ishlari va faol sa’y-harakatlarini qayd etdi.
Keyingi bir necha yilda tovar ayirboshlash ikki barobar ko‘paydi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni uch barobarga oshdi. Yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilmoqda. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘lini qurish loyihasini ilgari surish bo‘yicha amaliy hamkorlik boshlandi.
Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda, ta’lim, sog‘liqni saqlash, arxeologiya, turizm va boshqa yo‘nalishlarda muhim dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan ikki tomonlama munosabatlarda bugungi darajaga erishilishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi Tszyan Yan mamlakatning yuksak davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025