Jahon | 13:05 / 08.02.2023
7154
1 daqiqa o‘qiladi

Odessa rasmiylari mina xavfi kuchayishi haqida ogohlantirdi

Odessa rasmiylari po‘rtana tufayli mina xavfi ortishi haqida ogohlantirish bilan chiqdi. 

Foto: AP

«Qora dengizdagi po‘rtana tufayli mina xavfi ortib bormoqda. Dengiz minalari langarlardan tushib ketib, qirg‘oqqa kelib qolishi, shuningdek, qirg‘oq bo‘ylab paydo bo‘lishi ehtimoli yuqori», - deya ma’lum qildi Odessa shahar kengashi Telegram’da. 

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, shimoli-sharqdan 15-20 m/s tezlikda shamol esishi kutilyapti.

Avvalroq Odessada aholining 40 foizi nimstansiyadagi avariya tufayli toksiz qolgandi. 

Odessadagi o‘quv muassasalarida 6 va 7 fevral kunlari dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Mavzuga oid