Jahon | 08:42 / 14.02.2023
25314
2 daqiqa o‘qiladi

Yovuz ruhlar ko‘li yoki sehrlangan ko‘l (Foto)

Kelimutu - Indoneziyaning Flores oroli markazida, Ende shahridan 50 km sharqda Moni kichik shaharchasi yaqinida joylashgan kichik, ammo taniqli vulqon.

Foto: Flickr

Vulqon cho‘qqisida turli xil rangdagi uchta krater ko‘llari mavjud. Garchi ular bir vulqonning tepasida deyarli yonma-yon joylashgan bo‘lsa-da, ko‘llar vaqti-vaqti bilan bir-biridan mustaqil ravishda qizil va jigarrangdan firuza va yashil rangga o‘zgaradi.

Vulqonni o‘rab turgan o‘ziga xos ranglar va qalin tuman Kelimutuga g‘ayritabiiylik baxsh etadi. Aynan shu tabiati bilan bu yer ko‘pchilikning e’tiborini tortadi.

Mahalliy qishloqlar aholisi olamdan o‘tganlarning ruhlari hayoti davomida qilgan ishlariga asoslanib, ko‘llardan birida dam olish uchun keladi, deb hisoblashadi.

Shunday qilib, ko‘llar Keksa odamlar ko‘li (Tivi Ata Mbupu), Yigitlar va qizlar ko‘li (Tivu Nua Muri Kooh Tai  ) va Yovuz ruhlar ko‘li yoki sehrlangan ko‘l (Tivu Ata Polo) deb nomlanadi.

Ko‘llarning rangi o‘zgarib turishiga, ehtimol, vulqon gazining faolligi tufayli ko‘l tarkibidagi minerallar natijasida yuzaga keladigan kimyoviy reaksiyalar sabab bo‘lishi mumkin.

Manzarali ko‘llar mashhur sayyohlik maskani hisoblanib, tarixiy davrda kichik freatik otilishlar manbai bo‘lgan. Bir vaqtlar ular Indoneziyaning milliy valutasi — rupiyada tasvirlangan.

Mavzuga oid