O‘zbekiston | 14:16 / 15.02.2023
7360
1 daqiqa o‘qiladi
Dubaydan Dushanbega uchayotgan samolyot Samarqandga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Dubaydan Dushanbega parvoz qilgan Flydubai samolyoti Samarqandga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi.
Flydubai FZ793 reysi qalin tuman sabab ko‘rishning yomonlashuvi tufayli Dushanbe aeroportiga qo‘na olmadi va Samarqand xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Bortida 141 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 03:01da Samarqand aeroportiga qo‘ndi. Yo‘lovchilar va ekipaj esa mehmonxonaga joylashtirildi.
Samolyot yo‘lovchilari bilan 16 fevral kuni Samarqand — Dushanbe yo‘nalishida parvoz qilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
01:49 / 26.11.2024
Dubayda isroillik ruhoniy o‘ldirildi. Asosiy gumondor – o‘zbeklar
13:42 / 23.11.2024
Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
22:09 / 21.11.2024
Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
19:25 / 28.10.2024