O‘zbekiston | 08:03 / 17.02.2023
6334
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki audit xizmati xodimlariga sertifikat berish tartibi belgilanmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirliklar va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlari malakasini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Shutterstock

Inspeksiyaning moliyaviy nazorat funksiyasi yuklatilgan lavozimlarda hamda vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatida faoliyat yuritish uchun xodimlar O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lishlari lozim.

Sertifikat 4 yilga beriladi va keyinchalik u cheklanmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Hujjatga muvofiq, sertifikat olishning quyidagi tartibi o‘rnatilmoqda:

  • talabgor har oyning 10-canasiga qadar (shu kuni ham) Auditorlar palatasining rasmiy veb-sayti orqali ariza yuboradi;
  • arizani ko‘rib chiqqanlik uchun BHMning 2 baravari miqdorida yig‘im undiriladi;
  • har oyning 11-sanasidan 15-sanasiga qadar (shu kuni ham Auditorlar palatasi talabgorlarni imtihonga qo‘yish haqida qaror qiladi;
  • Palataning qarori talabgorga shaxsiy kabinet orqali yuboriladi;
  • malaka imtihoni o‘tkazilishidan kamida 5 kun oldin Palata yozma yoki elektron shaklda imtihon o‘tkazish kuni, vaqti va joyi haqida xabarnoma yuboradi;
  • malaka imtihoni axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda test shaklida o‘tkaziladi (3 soat davom etadi);
  • testlar 100 ta savoldan iborat bo‘ladi va har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladi, testni muvaffaqiyatli topshirish uchun kamida 75 ball to‘plash lozim bo‘ladi;
  • imtihon o‘tkazilgandan so‘ng 3 kun ichida Palata imtihon natijalarini rasmiy saytida e’lon qiladi, sertifikatlarni rasmiylashtirib ularning elektron shaklda talabgorlarga yuboradi.

 
CIA, CRMA, QIAL, IAP, SGAP kabi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan shaxslarga milliy sertifikatlar imtihonsiz beriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi sertifikatlar reyestrini yuritadi, reyestr Auditorlar palatasi rasmiy saytida e’lon qilinadi.

Mavzuga oid