Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 6 turdagi ekspertizadan o‘tkazildi
Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishi boshlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yil 24 noyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ilgari surilgan qator takliflar ham yangilanayotgan Konstitutsiya matnida aks ettirilgan.
“Xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga, shuningdek ularning hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirishga, jamoatchilik, parlament va deputat nazorati mexanizmlarini takomillashtirishga, ijtimoiy davlat prinsiplarini ro‘yobga chiqarishning konstitutsiyaviy mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritildi”, dedi u.
Ma’lum qilinishicha, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 6 turdagi ekspertizadan, jumladan: lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korrupsiyaga qarshi, jamoatchilik hamda inson huquqlari bo‘yicha normalarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizalardan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda
18:14 / 11.12.2024