AQSh Federal tergov byurosining O‘zbekistondagi yangi vakili tayinlandi
Joriy yil 24 fevral kuni Bosh prokuraturada Xalqaro-huquqiy boshqarma boshlig‘i R.G‘iyosov va AQSh Federal tergov byurosi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, tadbirda tomonlar idoralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator yo‘nalishlarni muhokama qilishdi xususan, uyushgan jinoyatchilik, jinoiy ishlar doirasida huquqiy yordam ko‘rsatish, ekstraditsiya va shu kabi sohalarni ta’kidlab o‘tishdi.
Shu bilan birga, ikki idora o‘rtasida imzolangan Anglashuv Memorandumi qoidalarining ijrosini ta’minlash maqsadida tayyorlangan Hamkorlik dasturi loyihasi yuzasidan fikr almashdilar.
Mazkur uchrashuvda R.G‘iyosov AQSh FTB vakili E.Jonsning O‘zbekistondagi faoliyati yakunlanganligi sababli, unga ikki davlat idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlanishiga xizmat qilgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, Bosh prokuratura Xalqaro-huquqiy boshqarma boshlig‘i AQShning Toshkentdagi elchixonasidagi FTB vakili sifatida tayinlangan F.Tensining faoliyatida zafarlar tilab, Bosh prokuratura va AQSh FTB o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlanish hamda yangi darajaga chiqishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid

01:16
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi

20:49 / 15.05.2025
Tramp AQSh va Eron yadro kelishuviga yaqin ekanini aytdi

18:18 / 15.05.2025
«Putin bilan uchrashmagunimizcha hech narsa bo‘lmaydi» - Tramp urushni tugatish haqida

16:27 / 15.05.2025