O‘zbekiston | 19:25 / 25.02.2023
13273
1 daqiqa o‘qiladi

Eksternat tartibidagi imtihonlar maktab o‘quvchilariga taalluqli emas - vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi maktab o‘quvchilari oldindan bitiruv imtihonlarini topshirishlari va maktab darslariga bormasliklari mumkin” degan xabar tarqaldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu feyk ekanini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Ma’lum qilinishicha, maktabni o‘z vaqtida tugata olmagan, ya’ni maktab yoshidan o‘tgan fuqarolarning eksternat tartibida imtihon topshirish uchun arizalar berishi bilan bog‘liq xabar noto‘g‘ri talqin qilingan.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, fuqarolarning umumiy o‘rta ta’lim olish huquqini ta’minlash maqsadida eksternat tartibida imtihonlarda faqat o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni yakunlay olmagan, aniqroq aytganda, maktabni to‘liq bitirmagan 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etadi.

Eksternat tartibidagi imtihonlarning maktabda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga aloqasi yo‘q va ularga tatbiq etilmaydi”, – deyiladi vazirlik munosabatida.

Mavzuga oid