O‘zbekiston | 08:40 / 26.02.2023
11263
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘shko‘pirda birinchi marta buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi

Singil akasiga donorlik qildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari boshchiligida ilk bor buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bemor Zafar Xaitboyevga surunkali glomerulonefritning aralash turi, surunkali buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi tashxisi qo‘yilgan. O‘tgan yildan beri gemodializ muolajalarini olgan. 

Zafar Xaitboyev Toshkent shahriga borib, murakkab operatsiya orqali sog‘aymoqchi bo‘lgan. Poytaxtdagi Xirurgiya markazi jarrohlarining o‘zi Qo‘shko‘pirga kelib, transplantatsiya amaliyotini o‘tkazgan.

Bemorga singlisi bir buyragini bergan. Yuqori texnologik muolaja muvaffaqiyatli o‘tgan. Hozir Zafarning ham, donorning ham ahvoli yaxshi, shifokorlar nazorati ostida salomatligi tiklanmoqda.

Mavzuga oid