Jahon | 09:46 / 27.02.2023
5304
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada qurg‘oqchilik kuzatilyapti. Mamlakat suvni tejashni boshlamoqchi

Kristof Beshyuning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya suvni tejashni boshlashi kerak, chunki kelgusi qishloq xo‘jaligi davrida ushbu resursni ta’minlashning barcha ko‘rsatkichlari «qo‘rqinchli darajada» bo‘ladi.

2022 yilda qurigan Loir daryosi / Foto: Getty Images

Fransiya kelgusi qishloq xo‘jaligi davrida ushbu resursni ta’minlashning barcha ko‘rsatkichlari «qo‘rqinchli darajada» bo‘lishi sababli suvni tejashni boshlashi kerak. Bu haqda Fransiyaning atrof-muhitni o‘zgartirish vaziri Kristof Beshyu 25 fevral, shanba kuni chop etilgan Le Journal du Dimanche nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Beshyu 27 fevral kuni hududiy prefektlar bilan uchrashuv o‘tkazishini aytdi. «Agar bu yozda zarur bo‘lgan suv resurslarini saqlashni ta’minlash uchun hozirdan cheklov buyrug‘i chiqarilishi kerak bo‘lsa, buni qiling», dedi u.

Vazirning aniqlik kiritishicha, 2022 yildagi qurg‘oqchilik tufayli yerosti suvlari darajasi past darajada saqlanib qolgan. Fevralgacha yomg‘ir kam yog‘di, keyin yomg‘ir odatdagidan kamroq bo‘ldi. «Bu fevral 1959 yildan beri eng qurg‘oqchil oyga aylandi», - dedi Beshyu.

Mart oyi boshida vaziyatni nazorat qilish uchun vazirliklararo ishchi guruh tuziladi. To‘rtta departamentda suvdan foydalanishga cheklovlar joriy qilingan, yana o‘ntasida maxsus nazorat o‘rnatilgan.

2022 yil dekabr oyi oxirida Buyuk Britaniya Milliy tresti 2023 yilda iqlim o‘zgarishi sababli bo‘ronlar, qurg‘oqchilik va jazirama to‘lqinlari kabi tabiat hodisalari bir qator hududlarda odatiy holga aylanishi haqida ogohlantirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid