Sport | 08:53 / 04.03.2023
17782
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiyalik va belaruslik tennischilar Uimbldonga kiritilishi mumkin

Butunangliya maysa tennisi va kroket klubi rossiyaliklar va belarusliklarning Uimbldon turnirida ishtirok etishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi mumkin, deb yozadi The Daily Telegraph.

Foto: Tomas Speight

Bu yil tennis bo‘yicha Uimbldon xalqaro turniriga Rossiya va Belarus sportchilari kiritilishi mumkin. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi 3 mart, juma kuni xabar berdi.

«Barcha taxminlar shuni ko‘rsatadiki, AELTC (Butunangliya maysa tennisi va kroket klubi) rossiyaliklar va belaruslar uchun qo‘yilgan taqiqni bekor qiladi», — deb ta’kidladi nashr.

SID sport axborot agentligi xabariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyaning Ukrainadagi urushi fonida joriy etilgan taqiq Britaniyaning «Katta dubulg‘a» turnirida 3 iyuldan 16 iyulgacha olib tashlanishi mumkin.

Professional tennischilar assotsiatsiyasi (ATP) va Ayollar tennis assotsiatsiyasi (WTA) AELTC taqiqidan keyin Uimbldon-2022'da reyting ochkolarini o‘ynamaslikka qaror qildi.

Rossiya va belaruslik sportchilarga o‘tgan yili Avstraliya, Fransiya va AQSh ochiq chempionatida qatnashish uchun ruxsat berilgan edi.

Mavzuga oid