Iqtisodiyot | 18:39 / 07.03.2023
34916
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchilar prognozi e’lon qilindi
Moliya vazirligi O‘zbekistondagi 10ta eng yirik soliq to‘lovchi tashkilotlar bo‘yicha prognozlarini e’lon qildi. Unda Navoiy (14,8) va Olmaliq (8,1 foiz) kon-metallurgiya kombinati eng yuqori o‘rinlarni egallagan.
Moliya vazirligi “Fuqarolar uchun budjet – 2023” nashrini e’lon qildi. Qayd etilishicha, joriy yilda davlat budjeti daromadlari soliq tushumlaridagi ulushining qariyb beshdan bir qismi OKMK va NKMK hissasiga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Mazkur ikki kombinatning soliq tushumlaridagi ulushi 22,9 foizga yetishi prognoz qilingan.
2023 yilda soliq tushumlaridagi ulushi eng ko‘p bo‘lishi prognoz qilinayotgan korxonalar o‘nligi quyidagicha:
- “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ – 14,8 foiz;
- “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ – 8,1 foiz;
- “O‘zbekneftgaz” AJ – 1,8 foiz;
- “O‘ztransgaz” AJ – 1,7 foiz;
- “Hududgazta’minot” AJ – 1,2 foiz;
- “Uzbat” AJ – 1,1 foiz;
- “O‘zavtosanoat” AJ – 0,9 foiz;
- “Uz-Kor Gas Chemical” MChJ – 0,6 foiz;
- “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ – 0,6 foiz;
- “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ – 0,4 foiz.
Mavzuga oid
15:53 / 14.10.2024
Eng ko‘p soliq to‘lagan davlat va xususiy kompaniyalar o‘ntaligi ma’lum qilindi
12:47 / 04.10.2023
“O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida korxonalar soni 3 mingga yaqinlashdi” – Botirjon Asadov
17:22 / 13.03.2023
Tadbirkorlarni E-aktiv'ga majburan jalb qilish yana kechiktirildi
10:10 / 12.03.2023