O‘zbekiston | 19:46 / 08.03.2023
15380
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ekologiyasi eng yomon davlatlar qatoriga kiritildi

Legatum Prosperity Index reytingida O‘zbekiston 100-o‘rinni egalladi.

Foto: KUN.UZ

Legatum Institute tomonidan an’anaviy tarzda har yili tuziladigan Legatum Prosperity Index reytingida O‘zbekiston 100-o‘rinni egalladi.

Ushbu reyting dunyo mamlakatlarini xavfsizlik va himoya, shaxsiy erkinliklar, boshqaruv, ijtimoiy kapital, investitsiya muhiti, tadbirkorlik muhiti, bozor infratuzilmasi, ish bilan ta’minlanganlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof muhit kabi 12 ta mezon bo‘yicha baholaydi.

Yangilangan reytingda O‘zbekiston 162 ta davlat ichida 100-o‘rinni egalladi va 2022 yilga nisbatan 4 pog‘ona ko‘tarildi.

O‘zbekistonning eng yuqori ko‘rsatkichi ijtimoiy kapital sohasiga taalluqli – 46-o‘rin. U shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni, institutsional ishonchni, ijtimoiy me’yorlar va fuqarolarning mamlakatni boshqaruvda ishtirok etishi darajasini o‘lchaydi.

Eng yomon ko‘rsatkichlar — shaxsiy erkinlik (147-o‘rin) va ekologiya (162-o‘rin) hisoblanadi.

Ta’kidlash joiz, reytingga ko‘ra, O‘zbekiston ekologiyasi eng yomon Sudan, Mavritaniya, Lesoto, Pokiston va Iroq kabi davlatlar qatoridan o‘rin olgan.

Mavzuga oid