Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda davlatga xiyonat qilgan amaldorlar va harbiylar o‘limga mahkum etiladi
Prezident Aleksandr Lukashenko shu haqdagi qonunni imzoladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko davlatga xiyonat qilgan mansabdor shaxslarga o‘lim jazosi berilishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda «Pul pervogo» xabar berdi.
Mansabdor shaxs yoki harbiy shaxs tomonidan sodir etilgan «davlatga xiyonat» uchun o‘lim jazosi bilan bir qatorda, «terrorizmni targ‘ib qilish», qurolli kuchlarni «obro‘sizlantirish» va «davlat sirlarini himoya qilish talablarini buzish» uchun ham jinoiy javobgarlik joriy etildi.
Belarus Yevropada o‘lim jazosini qo‘llaydigan yagona davlatdir. So‘nggi o‘n yil ichida bir necha odam qatl qilindi. Huquq himoyachilari o‘lim jazosi rasmiylar tomonidan soxta jinoiy ishlar bo‘yicha javobgarlikka tortilgan muxolifatchilarga bosim va tahdid sifatida qo‘llanilishi mumkinligini doimo qayd etib keladi.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025