Jahon | 11:18 / 09.03.2023
11688
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev meri Klichko rossiyaliklarning yangi raketa zarbalari haqida ma’lum qildi

Kiyevga yangi raketa zarbalari berildi, Svyatoshinskiy tumanida navbatdagi portlash qayd etildi, deb xabar berdi shahar meri Vitaliy Klichko Telegram’da. 

Foto: Reuters

Hodisa oqibatida turar joy binolaridan birining hovlisida avtomashinalar yonib ketgan, ikki jabrlanuvchi bor, ular kasalxonaga yotqizilgan

«Raketa hujumi tufayli energetiklar poytaxtda elektr ta’minotini avariyaviy to‘xtatishdi. Hozirda iste’molchilarning 15 foizga yaqini elektr ta’minotidan mahrum», - dedi Klichko.

Bundan oldin Rossiya Ukrainaga yangi raketa zarbalari bergani xabar qilingandi.

Ukraina OAV Kaspiy dengizidan mamlakatning markaziy hududlari yo‘nalishi bo‘yicha raketalar qayta uchirilgani haqida xabar tarqatdi. 

Dnipro, Odessa shahri va Odessa viloyatida portlashlar qayd etildi. Rossiya raketalari Vinnitsa, Ternopil va Xmelnitskiy viloyatlari ustida aniqlangan. Dnipropetrovsk, Mikolayiv va Odessa viloyatlarida havo hujumidan mudofaa tizimi ishladi.

Butun Ukraina bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilindi. Rossiya tomonidan Skadovsk hududidan raketa uchirilishi qayd etilgan. Odessa viloyati va Pavlogradda havo mudofaa tizimi ishlab ketdi.

Mavzuga oid