O‘zbekiston | 14:10 / 09.03.2023
9645
2 daqiqa o‘qiladi

Sardor Umrzoqov va Oqilbek Japarov hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, prezident ma’muriyati rahbari Oqilbek Japarov Sardor Umrzoqov bilan uchrashdi.

Foto: gov.kg

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan, shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosini ko‘rib chiqqan.

«Ishonchim komilki, davlatlarimiz rahbarlari tomonidan bildirilgan tashabbus va kelishuvlarning hayotga tatbiq etilishi chegaradosh hududlarni iqtisodiy rivojlantirish, qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish, transportdan foydalanish imkoniyatini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush sharoitini oshirishga ko‘maklashadi», — dedi Vazirlar Mahkamasi rahbari. 

Oqilbek Japarov ikki davlat iqtisodiyoti yaqin kelajakda tashqi savdo aylanmasidagi 2 milliard dollarlik chegaradan o‘tish uchun yetarli salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi. 

O‘z navbatida, O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov barcha mavjud kelishuvlar va loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni ishga solishga tayyorligini bildirdi. 

Mavzuga oid