O‘zbekiston | 10:54 / 10.03.2023
9766
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda allergiya qo‘zg‘atuvchi o‘simlik va daraxtlar ro‘yxati tuzildi

O‘simlik va daraxtlar allergenli va allergensiz guruhlarga ajratilgan. Ro‘yxat Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan tuzilgan.

Foto: Kun.uz

Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi allergenli va allergensiz daraxt va o‘simliklar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qilmoqda.

Markaz daraxt va o‘simliklarni 2 guruhga: ekish tavsiya etiladigan va tavsiya etilmaydiganga ajratgan.

Birinchi turga siriya atirguli, hind nastarini, deysiya, yaltiroq bargli ligustrum, zirk, ispan droki pirakanta, qora marjon, shilvi turlari, qorsimon mevali buta, yevropa forzitsiyasi, oddiy siren, na’matak, oddiy itburun, magoniya, g‘arb tuyasi, sharq biotasi, tikanli qoraqarag‘ay, kanada arg‘uvoni, chitalpa, ipak akatsiyasi, turang‘il, skumpiya, sumax, kornus, do‘lana turlari, kalian, moviy terak, qizil terak kabi 27 xil o‘simlik va daraxtlar kiritilgan.

Ekish tavsiya etilmaydiganlarga esa 20ta allergenli daraxt va o‘simlik nomi ko‘rsatilgan. Bularga sarv, chinor, qayin, qora qayin, shumtol, qandag‘och, eman, qayrag‘och, tol, qarag‘ay, qora qarag‘ay, o‘rmon yong‘og‘i, jo‘ka, qora terak, shuvoq, zubturum, otquloq, ambroziya, sho‘radoshlar, boshoqdoshlar kiritilgan.

Mavzuga oid