Jahon | 08:08 / 10.03.2023
8279
1 daqiqa o‘qiladi

Polsha Belarus bilan chegarada tankka qarshi qurilmalar o‘rnatyapti

Polsha Belarus bilan chegarasini tankka qarshi maxsus qurilmalarni o‘rnatish orqali mustahkamlamoqda. Bu haqda Twitter mikroblogida mamlakat mudofaa vaziri Mariush Blashchak ma’lum qildi. 

Foto: Twitter / mblaszczak

U fevral oyida Kaliningrad viloyati bilan chegarada shunday to‘siqlar o‘rnatilganini eslatdi. Blashchak Rossiya va Belarus bilan chegarani mustahkamlashni «mudofaa va tiyib turish strategiyasining bir qismi» deb atadi.

Avvalroq Polsha prezidenti Anjyey Duda CNN telekanaliga bergan intervyusida Varshava Kiyevga mamlakat harbiy-havo kuchlarida foydalanishda bo‘lgan bir qancha MiG-29 qiruvchi samolyotlarini jo‘natmoqchi ekanini aytgandi. 

«Biz bu qiruvchi samolyotlarni topshirishga tayyormiz va ishonchim komilki, Ukraina ulardan darhol foydalanishga tayyor holatda bo‘ladi», — deya uning so‘zlari ingliz tiliga tarjima qilingan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid