Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyadan kelgan 11 yoshli qochqin Germaniya milliy shaxmat jamoasiga chaqirildi
Bunday yoshdagi shaxmatchi Germaniya milliy jamoasi safida ilk bor o‘ynaydi. 11 yoshli bola besh yil avval Suriyadan Germaniyaga kelgan.
11 yoshli Husayn Besu tez orada Germaniya milliy jamoasida debyut qiladi. Rur viloyatida yashovchi maktab o‘quvchisi aprel oyida xalqaro chempionat bo‘lib o‘tadigan Xorvatiyada shaxmat taxtasiga o‘tiradi. The Mitropa Cup - har yili o‘tkaziladigan jamoaviy turnir bo‘lib, unda Markaziy Yevropa milliy jamoalari o‘zaro bahslashadi. Birinchi turnir 1976 yilda Insbrukda o‘tkazilgan. Husayn Germaniya milliy jamoasida o‘ynagan eng yosh shaxmatchiga aylanadi. Nemis OAVga bergan intervyusida uning ustozi va yosh shaxmatchilarning murabbiyi Bernd Fyokler bolakay ajoyib natijalar ko‘rsatganini ta’kidladi.
12 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilarning jahon reytingida Husayn ayni damda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Germaniya milliy jamoasiga nomzod bo‘lish - yosh sportchi uchun jiddiy chaqiriq. Besh yil oldin bola Germaniyaga qochqin sifatida kelgan. O‘z vatanida u otasi va bobosining shaxmat o‘ynashini tomosha qilishni yaxshi ko‘rgan. Bola maktabgacha bo‘lgan yoshidayoq o‘yinga qiziqqan.
Yosh bo‘lishiga qaramay, Husayn allaqachon «grossmeyster»ga aylangani aytiladi: shaxmat taxtasida unga teng keladigani yo‘q. Biroq, mutaxassislarning fikricha, Germaniya milliy jamoasining jamoaviy turnirda g‘alaba qozonish imkoniyati unchalik ko‘p emas: taqvimdagi noqulaylik tufayli ko‘plab yetakchi shaxmatchilar Xorvatiyadagi musobaqalarda qatnasha olmaydi.
Mavzuga oid
12:02 / 24.02.2025
Tramp Germaniyadagi saylovlarning dastlabki natijalariga munosabat bildirdi
10:38 / 24.02.2025
Germaniyada parlament saylovlari. Konservativlar birinchi o‘rinni egalladi
10:01 / 24.02.2025
Mers Germaniyada hukumatni tezroq shakllantirishga chaqirdi
09:10 / 24.02.2025