Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy shaxmat klublariga ijara to‘lovlarisiz joy ajratiladi
Prezidentning “Shaxmatni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish va 2026 yilda O‘zbekistonda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida shaxmatni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish va 2026 yilda O‘zbekistonda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
- maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda tizimli ravishda shaxmat musobaqalarini o‘tkazib borish;
- shaxmatni o‘qitishning zamonaviy metodikalariga asoslangan ilmiy-uslubiy va o‘quv adabiyotlarni doimiy tayyorlash hamda zamonaviy metodikalar asosida shaxmat bo‘yicha trenerlarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
- mamlakatda professional shaxmatni rivojlantirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- shaxmatchilar reytingi doimiy yuritiladigan milliy elektron platformani yaratish;
- xususiy shaxmat klublariga ular tomonidan shaxmat to‘garaklarini tashkil etish uchun davlat mulki obektlari va hududlardagi “Yoshlar markazlari”dan ijara to‘lovlarisiz joy ajratish;
- 2026 yilda 46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasi o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Mavzuga oid
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi
11:59 / 01.04.2025
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
18:16 / 26.03.2025