Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Yevropadagi eng yirik quruqlik armiyasini shakllantirmoqda
Mamlakat Rossiya tahdidiga qarshi shunday chorani ko‘rmoqchi.
Polsha Yevropadagi eng yirik quruqlik armiyasini shakllantirmoqda. Bu Rossiya tahdidi oshib borayotgan sharoitda, so‘nggi 50 yildagi eng katta qayta qurollanishdir. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri yozdi.
Qayd qilinishicha, Polsha rasmiylari Yalpi ichki mahsulotining 4 foizini mudofaaga sarflash niyatida, bu NATO tashkilotining o‘rtacha standartlaridan ikki baravar ko‘p.
Bundan tashqari, Polshani modernizatsiya qilish dasturi Janubiy Koreyadan mingta tank, AQShdan 250 ta tank, 600 ta o‘ziyurar gaubitsa, 18 ta HIMARS raketa moslamasi, 288 ta raketa tizimi (MLRS) va Janubiy Koreyadan 48 ta FA-50 jangovar samolyotlari, shuningdek, 96 ta AH-64E Apache vertolyotlarini sotib olishni nazarda tutadi.
Umumiy hisobda Polsha 2035 yilgacha 117 milliard dollarlik qurolga buyurtma bergan. 2023 yil uchun mudofaa budjeti esa maksimal 26 milliard dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, Polsha harbiylar sonini ikki barobarga, 300 ming kishigacha oshirish niyatida.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
20:12 / 14.05.2025