O‘zbekiston | 18:23 / 13.03.2023
7050
2 daqiqa o‘qiladi

Senat yalpi majlisida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi

Foto: Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati

Oliy Majlis Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi 2023 yil 14 mart kuni soat 15:00 da Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati binosida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi tomonidan 2023 yil 13 mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martdagi “O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston referendumini o‘tkazish haqida”gi 3017-IV-son qarori bo‘yicha uni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida qaror qabul qilindi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari hisoblanadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023 yil 10 martdagi va Konstitutsiyaviy sudning 2023 yil 13 martdagi qarorlarini inobatga olib, “O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masala Oliy Majlis Senatida ham ko‘rib chiqilishi kerak.

Shu munosabat bilan Oliy Majlis Senatining 2023 yil 14 mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisida ushbu masala muhokama qilinadi. Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat a’zolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Yalpi majlis O'zbekiston 24, O'zbekiston teleradiokanallari, Uzreport telekanali hamda Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri yoritib boriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid