Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya strategik boshqariladigan raketalarni sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy Koreya yadroviy tiyib turish doirasida yangi raketa sinovi o‘tkazganini e’lon qildi. Sinovlar AQSh va Janubiy Koreyaning so‘nggi besh yildagi eng yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlanishiga to‘g‘ri keldi.
Shimoliy Koreya AQSh va Janubiy Koreyaning yangi qo‘shma mashg‘ulotlari oldidan harbiy qudratini namoyish etdi. 12 mart, yakshanba kuni KXDR armiyasi suvosti kemasidan ochiq dengiz yo‘nalishi bo‘yicha ikkita strategik boshqariladigan raketalarni uchirdi.
KMTA agentligi tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda aytilishicha, suvosti kemasi Kyongpo ko‘rfazi suvlariga ikkita strategik qanotli raketani uchirdi, ular «Yapon dengizi ustidan ma’lum 8 shaklli trayektoriya bo‘ylab uchib, taxminan 1500 km masofani bosib o‘tdi va nishonga tegdi».
Janubiy Koreya KXDRda suvosti kemasidan raketalar uchirilganini tasdiqladi, biroq gap qaysi raketalar haqida ketayotganini aniqlashtirmadi. KXDRda raketa sinovlari BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan taqiqlangan. Janubiy Koreya uzoq vaqtdan beri shimoldan ehtimoliy hujumni kutmoqda. O‘tgan yili ikki Koreya davlati o‘rtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yomonlashdi. Shimoliy Koreyada xalqaro taqiqlarga qaramay, yadro kallaklari bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan ballistik raketalarning uchirilishi tez-tez sodir bo‘lyapti.
KXDRda yangi raketa sinovlari Janubiy Koreya va AQShning so‘nggi besh yildagi eng yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlanishidan bir necha soat oldin o‘tkazildi. Warrior Schield shartli nomini olgan manyovrlar KXDR tomonidan tajovuz kuchayganligi sababli o‘zgargan vaziyat fonida o‘tkazilmoqda, deyiladi rasmiy bayonotda. Pxenyan bu mashqlarga urush e’lon qilgandek munosabatda bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Janubiy Koreyada 28,5 ming amerikalik askar joylashtirilgan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025