Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi
Shavkat Mirziyoyev nomiga AQSh prezidenti Jozef Baydendan Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik maktubi keldi. Maktubda Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlashi aytilgan.
“Amerika xalqi nomidan Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z ayyomi munosabati bilan eng ezgu tilaklarimizni yo‘llamoqdaman”, deya boshlangan Baydenning maktubi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari umumiy muammolarni hal qilish, xalqlar xavfsizligi va farovonligini ta’minlash maqsadida birlashdi.
“Ushbu uyg‘onish va yangilanish mavsumida Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston xalqiga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shu kunlarda yangi marralarni belgilab, mustahkam tinchlik va o‘zaro anglashuv ruhidagi umumiy kelajak sari sa’y-harakatlarimizni davom ettirar ekanmiz, men mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va xalqlarimiz do‘stligi yanada mustahkamlanishiga ishonaman. Navro‘z muborak!” - deb yozadi AQSh prezidenti.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025