Jahon | 09:09 / 22.03.2023
8403
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh banklarga qo‘shimcha yordam va’da qildi

Agar kerak bo‘lsa, AQSh g‘aznachiligi kichikroq banklarning omonatchilarini himoya qilish uchun aralashadi, dedi Janet Yyellen.

Foto: Reuters

AQSh, agar kichikroq kreditorlar xavf ostida bo‘lsa, bank omonatlarini himoya qilish uchun yaqinda qilingan choralarni takrorlashga tayyor. Bu haqda 21 mart, seshanba kuni mamlakat moliya vaziri Janet Yyellen ma’lum qildi.

Silicon Valley Bank (SVB) va Signature Bank qulaganidan bir necha kun o‘tib Vashingtondagi Amerika bankirlar assotsiatsiyasi bilan suhbatda Yyellen moliyaviy regulyatorlarning aralashuvi butun AQSh bank tizimini himoya qilish uchun zarur ekanligini ta’kidladi. «Agar kichikroq muassasalar omonatlar olib chiqib ketilishidan zarar ko‘rsa, shunga o‘xshash harakatlar oqlanishi mumkin», dedi u.

Qo‘shma Shtatlar hukumati kerak bo‘lganda moliyaviy barqarorlik xatarlarini yumshatishga «qat’iy sodiq», dedi Yyellen. «Jamoat bizning bank tizimimizga ishonchi komil bo‘lishi kerak», dedi moliya vaziri.

Silicon Valley Bank Amerika banki 10 mart kuni Federal depozitlarni sug‘urtalash korporatsiyasi (FDIC) nazoratiga o‘tdi. U bank aktivlarini yangi yuridik shaxsga o‘tkazdi va barcha omonatchilarga to‘liq kompensatsiya to‘lashni va’da qildi. SVB - texnologik va venchur firmalarga xizmat ko‘rsatuvchi, AQShdagi 16-yirik bankning bankrotligi - 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan keyingi eng yirigi bo‘ldi.

SVB bilan birgalikda tartibga soluvchilar kriptovaluta egalari orasida mashhur bo‘lgan Nyu-Yorkdagi Signature Bank'ni yopdilar. Ikki AQSh bankining muammolari haqidagi xabar bozor ishtirokchilarida xavotir uyg‘otdi.

Yyellenning aytishicha, AQSh bank tizimi moliyaviy regulyatorlarning choralari tufayli «barqarorlashmoqda». Rasmiylar vaziyatni kuzatishda davom etadilar, deya qo‘shimcha qildi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid