Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
LOT Polish Airlines Polshadan O‘zbekistonga uchishni boshladi
21 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:03 da Polshaning LOT Polish Airlines aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi va yangi Varshava - Toshkent - Varshava yo‘lovchi yo‘nalishini ochdi.
An’anaga ko‘ra, Boeing 787 Dreamliner suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi. Ekipaj va yo‘lovchilarni karnay va surnay sadolari ostida Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbariyati, Polshaning O‘zbekistondagi elchisi, Turizm va Transport vazirliklari vakillari, shuningdek, Flyin’up kompaniyasi rahbariyati gullar bilan kutib oldi.
Iyun oyining o‘rtalariga qadar har 10 kunda bir marta charter asosida parvozlar amalga oshiriladi. Qishki jadvalga o‘tish munosabati bilan aviakompaniya Varshava — Toshkent — Varshava yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
LOT Polish Airlines — shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan Polsha aviakompaniyasi. Aviakompaniya dunyodagi eng qadimgi, eng yirik va vakillik aviatsiya alyansi bo‘lgan Star Alliance a’zosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi
21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi
11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
20:44 / 02.05.2025