O‘zbekiston | 11:11 / 23.03.2023
9942
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Vetnam Toshkent viloyatida yirik zavod qurishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Mareven Food Holdings (Vetnam) kompaniyasi direktori Nguyen Duong bilan video-konferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvda 125 million dollarlik tez tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, quritilgan sabzavotlar, chipslar ishlab chiqaradigan yirik zavodni qurish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar atroflicha muhokama qilindi. Loyiha Toshkent viloyatidagi «Angren» erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilib, 800 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Muzokaralar chog‘ida vetnamlik hamkorlar kompaniya mahsulotlarini qabul qilish va O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga tarqatish maqsadida Toshkent viloyatida logistika markazi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning joriy holati haqida ham so‘zlab berdi. O‘zbekiston tomoni kompaniyaning mamlakatdagi sarmoyaviy tashabbuslarini amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekistonda Mareven Food Holdings kompaniyasining ishlab chiqarish va logistika obektlarini ishga tushirish va yangi ish o‘rinlari yaratishni nazarda tutgan holda loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish yuzasidan hamkorlik qilish tartibini kelishib oldi.

Mavzuga oid