Jahon | 10:12 / 23.03.2023
12269
2 daqiqa o‘qiladi

Tixanovskaya Belarusni Rossiya bilan aloqalarni uzishga chaqirdi

Belarus demokratik kuchlari yetakchisi AQShga tashrifi chog‘ida Belarusni Ukrainaga qarshi urushda qatnashishni to‘xtatishga chaqirdi.

Foto: Getty Images

Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya Vashingtonga tashrifi chog‘ida Belarusni Rossiya bilan aloqalarni uzishga chaqirdi. 22 mart, chorshanba kuni AQSh Kongressida so‘zga chiqib, u Kremlga Ukrainaga hujum qilish uchun Belarusdan foydalanishga ruxsat bergan Aleksandr Lukashenkoning harakatlarini tanqid qildi.

Tajovuzkor mamlakat «Ukrainaga hujum qilish va unga tahdid solish» uchun Belarus, uning havo hududi va infratuzilmasidan harbiy maqsadlarda «erkin foydalanadi», dedi Tixanovskaya. «Rossiyaning Belarus ichki ishlariga aralashuviga qarshi turish vaqti keldi. Rossiya noqonuniy rejimni qo‘llab-quvvatlab, milliy o‘zligimizga qarshi mustamlakachilik harakatlarini amalga oshirmoqda», - dedi u. Belarus prezidentligiga sobiq nomzod mamlakatni Ukrainaga qarshi urushda qatnashishni to‘xtatishga chaqirdi.

Mart oyi boshida Minsk shahar sudi Tixanovskayani sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov unga bir vaqtning o‘zida o‘nta ayblov qo‘ydi: unvon va hokimiyatni ruxsatsiz tortib olish, milliy xavfsizlikka qarshi harakatlarda xorijiy davlatga yordam berish, hokimiyatni egallab olish uchun fitna uyushtirish, nafrat uyg‘otish, ekstremistik tuzilma yaratish, MSK ishiga to‘sqinlik qilish va boshqalar.

Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hukumati bu hukm bilan unga nima demoqchi bo‘lganligi haqida o‘ylamayapti. U «hukm bilan yoki usiz siyosiy mahbuslarni ozod qilish va mamlakatni demokratik o‘zgarishlar sari yetaklash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni» davom ettirmoqchi.

Mavzuga oid