Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung Z harfidek buklanadigan smartfonni taqdim qiladi
Yangi smartfon taqdimoti 2023 yil avgust oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Samsung kompaniyasi Galaxy Z Fold5 va Z Flip5 bilan bir qatorda Z harfiga o‘xshab buklanadigan smartfonini chiqarishi mumkin. Bu haqda insayder Yogesh Brar ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Kompaniya bir necha bor bunday qurilmalarning ikkita ilgakli prototiplarini namoyish etgan. Bu texnologiya ilgak halqalaridan biri ekranni ichkariga, ikkinchisini esa tashqariga egish imkonini berishini anglatadi. Natijada telefon qisman egilganida o‘ziga xos Z shakli paydo bo‘ladi.
Tashqi ilmoq Galaxy Z Fold4 kabi tashqi displeyga ehtiyoj sezmasdan, buklanadigan ekranning bir qismini smartfon displeyi sifatida ishlatish imkonini beradi.
Insayder, shuningdek, Samsung kompaniyasi Galaxy S23 FE flagmanining budjet versiyasini chiqarmasligini ma’lum qildi.
Galaxy Z Fold5, Z Flip5 va yangi buklanuvchi smartfonning taqdimoti 2023 yil avgust oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi
20:48 / 16.04.2025
Rossiyada dirijabllar davri qaytgani e’lon qilindi
17:30 / 29.03.2025