Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda xonadonda gaz portlashi oqibatida 4 kishi vafot etdi
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi uyda gaz portlashi oqibatida 4 kishi – er-xotin va ularning voyaga yetmagan ikki nabirasi vafot etdi. Portlash xonadon egasining isitish pechini noto‘g‘ri o‘t oldirishi oqibatida kelib chiqqan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani, Madrasa mahallasida yashagan bir oilaning 4 nafar a’zosi gaz portlashidan halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
2023 yil 17 mart kuni soat 05:00 da Kattaqo‘rg‘on tumani, Madrasa mahallasida yashagan A.R. uyidagi tabiiy gazga mo‘ljallangan isitish pechini o‘t oldirganidan qisqa muddatli chaqnash kelib chiqqan.
Oqibatda, A.R, uning turmush o‘rtog‘i K.F, nabiralari I.A. hamda O.A. 50-60 foiz kuyish jarohatlari bilan davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga joylashtirilgan.
2023 yil 26 mart kuni K.F. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida, voyaga yetmagan I.A. va O.A. RShTYoIM Samarqand filialida vafot etgan.
2023 yil 27 mart kuni A.R. Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
09:54 / 11.05.2025
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
18:22 / 08.05.2025
Samarqanddagi «zapravka»da portlash va yong‘in ro‘y berdi. Qurbonlar bor
00:27 / 01.05.2025
Samarqanddagi o‘rmonda 50 mingdan ortiq buta va daraxtlar yonib ketdi
08:57 / 24.02.2025