Jahon | 22:09 / 28.03.2023
21429
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi prezidentlik saylovida 4 nomzod ro‘yxatga olindi 

Kamol Qilichdoro‘g‘li, Muharrem Injye, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Sinan O‘g‘an prezidentlik uchun kurashadi. 

Foto: Yeni Şafak

Turkiya Oliy saylov komissiyasi prezidentlik saylovi uchun 4 nafar nomzodni qayd etdi. 

Prezidentlikka nomzodlar (alifbo tartibida); 

- Kamol Qilichdoro‘g‘li (1948 yilda tug‘ilgan) - Jumhuriyat xalq partiyasi rahbari, muxolifatdagi «Xalq koalitsiyasi»dan nomzod; 

- Muharrem Injye (1964 y.) - o‘qituvchi, siyosatchi, «Mamlakat» Partiyasi rahbari. Shu partiyadan prezidentlik saylovi uchun nomzod; 

- Rajab Toyyib Erdo‘g‘an (1954 y.) - «Respublikachilar koalitsiyasi» nomzodi, mamlakatning amaldagi prezidenti; 

- Sinan O‘g‘an (1967 y.) - millati ozarboyjon, «ATA koalitsiyasi» nomzodi (unga G‘alaba partiyasi, Adolat partiyasi, «Dog‘ru» partiyasi, «Turk itifoqi» va «Vatan» partiyasi kirdi). 

Turkiyada prezidentlik saylovi 14 mayga belgilangan. Fevral oyi boshida Turkiyada 50 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan dahshatli zilzilalar yuz bergani va shu sababli janubi-sharqdagi bir qator hududlarda ovoz berish ekstremal sharoitlarda o‘tkazilishiga qaramay, ovoz berish sanasini o‘zgartirmaslikka qaror qilindi. 

Turkiyada prezidentlik saylovi bilan bir vaqtda parlament saylovi ham o‘tkaziladi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid