O‘zbekiston | 10:42 / 01.04.2023
15881
2 daqiqa o‘qiladi
Mart oyi uchun «palov indeksi» e’lon qilindi
Eng qimmat osh Toshkent shahrida va eng arzon osh Farg‘ona viloyatida kuzatilgan.
Statistika agentligi tomonidan hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning o‘rtacha narxlari o‘rganib chiqildi.
2023 yil mart oyi uchun o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, 1 porsiya oshning o‘rtacha narxi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qoraqalpog‘iston R. – 19 400 so‘m;
- Andijon viloyati – 21 200 so‘m;
- Buxoro viloyati – 22 600 so‘m;
- Jizzax viloyati –23 000 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 23 400 so‘m;
- Navoiy viloyati – 20 400 so‘m;
- Namangan viloyati – 19 300 so‘m;
- Samarqand viloyati – 24 000 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 23 400 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 22 600 so‘m;
- Toshkent viloyati – 21 500 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 19 000 so‘m;
- Xorazm viloyati – 22 400 so‘m;
- Toshkent shahri – 27 200 so‘m.
Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:30 / 25.10.2024
O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar indeksida jahon bo‘yicha 30-o‘rinni egalladi
10:14 / 04.08.2024
Iyul oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
10:48 / 02.06.2024
May oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
16:00 / 29.03.2024