Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada milliarder Fridmanga qarshi tergov qisman to‘xtatildi
FT ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniya Jinoyatchilikka qarshi kurash agentligi Fridmanga nisbatan yolg‘on guvohlik berish va Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligini aldash maqsadida fitna uyushtirish bo‘yicha tergovni to‘xtatdi.
Buyuk Britaniya Jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligi (NGA) rossiyalik tadbirkor Mixail Fridmanga nisbatan ilgari qo‘yilgan uchta jinoiy ishning ikkitasi bo‘yicha tergovni to‘xtatdi. Bu haqda 4 aprel, seshanba kuni The Financial Times manbalariga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, agentlik Fridmanga nisbatan yolg‘on guvohlik berish va Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligini aldash maqsadida fitna uyushtirish bo‘yicha tergovni to‘xtatgan. Shunga qaramay, idora hanuzgacha tadbirkorni pul yuvish bilan bog‘liq jinoyatlarda gumon qilmoqda.
NGA gazetaga o‘tgan yilning dekabr oyida Londonda qo‘lga olingan 58 yoshli rossiyalik badavlat shaxsga nisbatan ikki tomonlama tergovni qisman yakunlaganini tasdiqladi. Agentlik gap Fridman haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.
2022 yil 3 dekabrda Jinoyatchilikka qarshi kurash milliy agentligi pul yuvish va yolg‘on ko‘rsatma berish uchun til biriktirish bilan shug‘ullangan uch kishi qo‘lga olinganini e’lon qildi. Hibsga olinganlar orasida Mixail Fridman ham bor, ammo uning ismi o‘sha paytda aytilmagan. Keyinroq uchala shaxs ham 150 ming funt sterling garov evaziga qo‘yib yuborilgan.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, boyligi 12,6 milliard dollar bo‘lgan Mixail Fridman 2015 yildan beri Buyuk Britaniyada yashaydi. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya unga qarshi sanksiyalar kiritdi. Fridman ularga sud orqali e’tiroz bildirmoqchi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025