Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari majlisi o‘tkaziladi
O‘zbekiston TIV rahbarining o‘rinbosari MDHga a’zo davlatlar elchilari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Ozarboyjon elchisi Guseyn Guliyev, Belarus elchisi Leonid Marinich, Qozog‘iston elchisi Beybut Atamkulov, Qirg‘iziston elchisi Musa Jamanbayev, Rossiya elchisi Oleg Malginov, Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va Turkmaniston elchisi Yazguli Mammedovni qabul qildi.
Uchrashuvda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi doirasidagi tomonlar hamkorligining turli jihatlari va qo‘shma dasturlar ijrosi jarayoni muhokama qilindi.
MDHga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining O‘zbekistondagi bo‘lajak majlisiga tayyorgarlikning tashkiliy, protokol va mazmuniy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
13:24 / 05.05.2025
Moskvada O‘zbekiston va Rossiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
14:58 / 03.05.2025
O‘zbekiston Rossiyadagi fuqarolarining huquqlari buzilayotgani bo‘yicha xavotir bildirdi
20:22 / 02.05.2025
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda
19:29 / 29.04.2025