Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA hukumat ishlari bo‘yicha vaziri O‘zbekiston ordeni bilan taqdirlandi
Joriy yil 4 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Unda yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari, hududlarning savdo-investitsiyaviy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari ushbu yo‘nalishlar bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama sammit kun tartibining asosini tashkil etishi lozimligini qayd etdi.
Amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, boshqaruvda professional kadrlarni va dasturchilarni tayyorlash, elektron hukumatni joriy qilish yo‘nalishlarida va boshqa sohalarda o‘zaro foydali hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Vazir al-Gargaviy davlat rahbariga Amirliklar prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon hamda mamlakat vitse-prezidenti, bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston prezidenti tomonidan joriy dasturlarni jadallashtirish va istiqbolli loyihalarni tayyorlashni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni yangilash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yakunda vazir al-Gargaviyga O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga qo‘shgan katta hissasi va Yangi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun davlatning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordeni topshirildi.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025