Jahon | 10:54 / 05.04.2023
3522
2 daqiqa o‘qiladi

«Tolibon» afg‘on ayollariga BMT muassasalarida ishlashni taqiqladi

Toliblar afg‘onistonlik BMT xodimlariga Afg‘oniston hududida ishlashni taqiqladi. BMT vakillari vaziyatga oydinlik kiritish uchun Kobulda rasmiylar bilan uchrashadi.

Foto: skynews

«Tolibon» harakati Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) afg‘on xodimlariga Afg‘onistonda ishlashni taqiqladi. «Turli kanallar orqali biz taqiq butun mamlakat hududiga taalluqli ekanligi haqida ma’lumot oldik», dedi 4 aprel, seshanba kuni BMT Bosh kotibi vakili Stefan Dyujarrik.

Dyujarrik taqiqni «qabul qilib bo‘lmaydigan va ochiqchasiga tushunarsiz» deb atadi, u «humanitar tashkilotlarning yordamga muhtoj bo‘lganlarga yordam berish qobiliyatiga putur yetkazishi mumkin». Avvalroq afg‘on ayollarining BMTda ishlashini taqiqlash faqat sharqiy Nangarhor viloyatiga taalluqli ekani xabar qilingandi. BMT rasmiylari vaziyatga oydinlik kiritish uchun chorshanba kuni Kobulda rasmiylar bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

2022 yil dekabr oyida «Tolibon» ayollarga nodavlat tashkilotlarda (NNT) ishlashni taqiqladi. Ommaviy xalqaro noroziliklardan so‘ng, sog‘liqni saqlash sohasida taqiq yengillashtirildi. Bu taqiq BMT muassasalariga taalluqli emas edi.

2021 yil avgustida hokimiyatga kelganidan beri «Tolibon» Afg‘onistonda ayollarga nisbatan bir qator cheklovlar qo‘ygan. Bundan tashqari, musiqa, ijtimoiy tarmoqlar va video-o‘yinlar qonundan tashqari deb topildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid