Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati hokimiga Xitoydan 2 nafar maslahatchi olib kelinadi
Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
Sirdaryoda eng ilg‘or agrotexnologiyalar joriy qilinadi. Viloyat hokimiga qishloq xo‘jaligida ilm va innovatsiya joriy qilish bo‘yicha Xitoydan 2 nafar maslahatchi olib kelinadi. Sirdaryoda irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga xitoylik investorlar jalb qilinadi.
Xitoy tajribasi yordamida qoramol va parrandachilik ekokomplekslari tashkil qilinadi, sho‘r va suvsizlikka chidamli makkajo‘xori, sorgo, beda kabi ozuqaga boy ekin navlari ekiladi, intensiv anor, qovun, pekan yong‘og‘i va baliqchilik plantatsiyalari tashkil qilinadi, meva-sabzavotni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnoparki tashkil etiladi.
Sho‘r va suvsizlikka chidamli ekin turlari, chorvachilik nasllarini yaratish bo‘yicha Xitoyning bu yo‘nalishdagi yetakchi oliygohlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Ularning filiallari tashkil qilinib, qishloq va suv xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlanishi hamda yer o‘zlashtirish, cho‘llanish, irrigatsiya va ekologiya yo‘nalishida ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025