Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya tashqi ishlar vaziri Moskvada energetika masalasini muhokama qildi
Muzokaralar mavzulari orasida Vengriyaga «Turk oqimi» orqali gaz va «Drujba» quvuri orqali neft yetkazib berish ham bor. Peter Siyyartoning ta’kidlashicha, kelasi qish bundan ham qiyin bo‘ladi.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto 11 aprel, seshanba kuni Moskvaga keldi va u yerda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak bilan Vengriyaga «Turk oqimi» gaz quvuri orqali gaz va «Drujba» neft quvuri orqali neft yetkazib berish masalalarini muhokama qildi. Siyyartoning so‘zlariga ko‘ra, kelgusi qish Yevropa uchun juda issiq bo‘lgan oldingisiga qaraganda jiddiyroq sinov bo‘lishi kutilmoqda.
«Xalqaro energetika agentligi Xitoy iqtisodiyoti qayta tiklanishi tufayli energiyaga bo‘lgan talabning keskin ortishi va Yevropa energetika infratuzilmasi rivojlanishining o‘ta sekin sur’ati tufayli kelasi qishda haqiqiy qiyinchiliklar paydo bo‘lishidan aniq ogohlantirdi», — dedi Vengriya tashqi ishlar vaziri.
Uning ta’kidlashicha, «Vengriyaning energiya ta’minoti xavfsizligi gaz, neft va yadro yoqilg‘isini uzluksiz tashishni talab qiladi».
«Mana shu uch shartni bajarish uchun Vengriya-Rossiya energetika hamkorligi uzluksiz bo‘lishi kerak. Gap siyosiy didda emas, fizikada», deb yozdi Siyyarto o‘zining Facebook sahifasida.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
21:46 / 21.05.2025