Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Filippin eng yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
17 000 dan ortiq askar ishtirokidagi manyovrlar Xitoy Tayvan yaqinidagi o‘z mashqlarini yakunlaganidan bir kun o‘tib boshlandi.
AQSh va Filippin 11 aprel, seshanba kuni tarixdagi eng yirik Balikatan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarini boshladi, unda 17 mingdan ortiq askar ishtirok etadi. Mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar Xitoyning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi harakatlaridan xavotir fonida mustahkamlanmoqda, deya qayd etadi Reuters.
Jangovar otishma, desant va aviatsiya operatsiyalari, kibermudofaa va terrorizmga qarshi kurashni o‘z ichiga olgan manyovrlar taxminan uch hafta, 28 aprelgacha davom etadi. Mashg‘ulotlarning maqsadlaridan biri «dengiz zarbasini berish bo‘yicha qo‘shma taktika va tartiblarni o‘rganishdir», dedi Filippin tomonidan manyovrlar rahbari, general-mayor Marvin Likudin.
Amerikalik general-mayor Erik Ostin, o‘z navbatida, Balikatan mashg‘ulotlari ularda ishtirok etuvchi tomonlarning «haqiqiy chaqiriqlarga birgalikda javob berish» tayyorgarligini ta’minlashini ta’kidladi. Bundan tashqari, bu hafta Vashingtonda AQSh va Filippin mudofaa kotiblari va tashqi ishlar vazirlarining yetti yil ichida birinchi uchrashuvi bo‘ladi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi 10 aprel, dushanba kuni AQSh-Filippin qo‘shma mashg‘ulotlarini tanqid qilib, ular «Janubi-Xitoy dengizidagi bahslarga aralashmasligi, Xitoyning hududiy suvereniteti, dengiz huquqlari hamda xavfsizlik manfaatlariga kamroq zarar yetkazishi kerak», deya ma’lum qildi.
Shu bilan birga, bir kun avval Xitoy Tayvan yaqinida o‘zining uch kunlik harbiy mashg‘ulotlarini yakunladi, ular davomida aniq zarbalar berish va rasmiy Pekin o‘z hududi deb hisoblaydigan orolni blokada qilish amaliyoti o‘tkazildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025