Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«SBU» ukrainalik asirning o‘ldirilishi bo‘yicha tergov boshladi
Internetda rus askarlari harbiy kiyimdagi odamni o‘ldirayotgani aks etgan video tarqaldi. «SBU» jinoyatchilarni topib, javobgarlikka tortishga va’da berdi.
Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») 12 aprel, chorshanba kuni internetda rossiyalik harbiylar ukrainalik asir ekani aytilayotgan shaxsni o‘ldirayotgani aks etgan video e’lon qilingani bo‘yicha sudgacha tergov boshlanganini bildirdi. «SBU»ning aniqlik kiritishicha, tergov Ukraina Jinoyat kodeksining 438-moddasi 2-qismi (Urush olib borish qonunlari va odatlarini buzish) asosida olib borilmoqda.
«SBU» raisi Vasiliy Malyuk aybdorlarni topib, jazolashga va’da berdi. «Biz bu yovuzlarni topamiz. Agar kerak bo‘lsa, biz ularni hamma joydan, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar: yer ostidan bo‘lsa ham topib kelamiz. Lekin ular qilgan ishlari uchun albatta jazolanadi», - deya ta’kidladi u.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy butun dunyo yetakchilarini sodir bo‘lgan voqeaga reaksiya bildirishga va Ukrainaga Rossiya bilan urushda g‘alaba qozonishga yordam berishga chaqirdi.
11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki rus askarlari ukrainalik askarni shafqatsizlarcha o‘ldirgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Video Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlovchi Rossiya Telegram-kanallarida va Ukraina ijtimoiy tarmoqlarida tarqaldi.
Videodagi odamlar kimlar ekani, hodisa qachon, qayerda va kim tomonidan yozib olingani noma’lum. Videodagi yashil o‘t va barglar videoning o‘tgan yozda suratga olinganidan dalolat beradi. Videoning haqiqiyligi tasdiqlanmagan.
Mavzuga oid
11:39 / 26.05.2025
«Azov» qo‘mondoni almashinuv asirga olingan «azovchilar»siz o‘tganini tanqid qildi
20:39 / 29.01.2025
Rossiya hukumati Ukraina tomonida jang qilgan avstraliyalik asirga olinganini tasdiqladi
20:38 / 27.01.2025
Ukraina Qurolli kuchlari Rossiya armiyasi safida urushda qatnashgan Italiya fuqarosini asirga oldi
20:34 / 15.01.2025