Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
38 ta Yangi O‘zbekiston massivida 31 mingta kvartira quriladi
O‘zbekiston prezidenti “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar beryapti.
“Yangi O‘zbekiston” va boshqa davlat dasturlari doirasida qurilgan massivlarning bo‘sh yerlarida ko‘p qavatli uy-joylar qurishni davom ettirish va 2023 yilda qurish hajmlarini 90 mingtaga yetkazish taklif etilmoqda.
Bunda:
38 ta Yangi O‘zbekiston massivlarida 31 mingta, boshqa davlat dasturlaridagi massivlarda 8 mingta, xususiy pudrat tashkilotlari hisobidan 51 mingta kvartiralar qurilishi belgilanmoqda;
Yangi O‘zbekiston massivlarini kengaytirish hamda 9 ta yangi massivlarni tashkil qilish uchun 140 ga qishloq xo‘jaligi yerlarining toifasi o‘zgartirilmoqda va hokimlar zimmasiga ajratiladigan yerlarning 5 baravari miqdorida yangi yerlarni o‘zlashtirish vazifasi yuklanmoqda;
massivlarning ichki yo‘llarini qurish Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi zimmasiga yuklanmoqda;
temir-beton korxonalarida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etilishi va buning uchun “Sanoat qurilish bank” tomonidan 10 mln dollar kredit liniyasi ajratilishi belgilanmoqda;
Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, qurilish, adliya, iqtisodiyot va moliya idoralari vakillaridan iborat Ishchi guruh tomonidan “Renovatsiya to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilishi belgilanmoqda;
hududlarda suv, oqova, elektr, gaz, yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga investor-developerlarni jalb qilish, shuningdek, seysmik xavfsizlik va qurilishda nazoratni kuchaytirish bo‘yicha alohida qaror loyihalari ishlab chiqilishi nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
12:17 / 17.04.2025
Toshkentda 1 va 2 xonali uylar ijara narxi arzonlashdi
09:02 / 03.04.2025
Toshkentda uy ichida qulflanib qolgan keksa ayolga yordam ko‘rsatildi
08:53 / 31.03.2025