O‘zbekiston | 11:53 / 13.04.2023
10494
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «Spark» yo‘l chetida ketayotgan piyodani urib yubordi

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent shahrining Bektemir tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, joriy yilning 10 aprel kuni taxminan soat 07:30 da Bektemir tumani, Oltintopgan ko‘chasida 2 ta yengil avtomobil va bir piyoda ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan N.R. «Spark» rusumli avtomashinani ishonchnoma orqali boshqarib ketayotib, oraliq masofani saqlamay, yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1995 yilda tug‘ilgan J.G‘.ga tegishli «Spark» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib ketgan va boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidan harakatlanib ketayotgan piyodani urib yuborgan.

Oqibatda, piyoda, 1983 yilda tug‘ilgan G.D. turli xil tan jarohatlari, 2-darajali koma holati tashxisi bilan kasalxonaga olib borilgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 11 aprel kuni soat 02:15 da vafot etgan. 

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid