Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ISW: Rossiya Mudofaa vazirligi Baxmutni egallash uchun «Vagner»ni kuchaytiryapti
Rossiya Mudofaa vazirligi idora va XHK rahbari Yevgeniy Prigojin o‘rtasidagi ziddiyatlarga qaramay, Baxmutni qo‘lga olish uchun «Vagner» XHK bilan yaqinroq hamkorlik qilishga intilmoqda, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti - ISW kundalik sharhida.
Foto: RIA Novosti
Institut rossiyalik harbiy blogerlarning «Vagner» XHK T-90 tanklaridan foydalanayotgani haqidagi xabarlariga ishora qiladi, bundan Rossiya rahbariyati ularni yanada zamonaviy vositalar bilan ta’minlagan, degan xulosa chiqarish mumkin.
Bundan tashqari, ISW ekspertlarining fikriga ko‘ra, Mixail Teplinskiyning Rossiya havo-desant qo‘shinlari qo‘mondoni etib qayta tayinlangani buni tasdiqlaydi.
Institutning ta’kidlashicha, Baxmut hududida 106-havo-desant diviziyasining bo‘linmalari jalb etilgan. Tahlilchilarga ko‘ra, Rossiya harbiy qo‘mondonligi Ukrainadagi hujum operatsiyalari uchun mas’uliyatni havo-desant qo‘shinlari zimmasiga yuklamoqda.
Biroq, Teplinskiy Ukrainadagi katta yo‘qotishlar tufayli havo-desant kuchlarining avvalgi maqomini elita bo‘linmasi sifatida tiklay olishi dargumon, deyiladi sharhda.
Mavzuga oid
17:22 / 25.11.2024
Malida «Vagner»ning bir necha jangchisi o‘ldirildi
15:35 / 25.11.2024
Malida «Vagner» XHKning bir necha yollanma askarlari o‘ldirildi
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
20:33 / 18.09.2024