O‘zbekiston | 10:47 / 20.04.2023
9541
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Xitoyga tashrif buyurdi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi tashrif bilan Xitoyga bordi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Safar davomida Xitoyning bir qator vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazish, Xitoy provinsiyalariga tashrif buyurgan holda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Xitoy Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida mamlakatlarimiz o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida Xitoyning mazkur sohadagi ulkan tajribasidan foydalanish va O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

O‘zbekistonda qishloq joylarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida aholining bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash muhimligiga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari, shuningdek, Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasida  bo‘ldi hamda mamlakatlarimiz uchun manfaatli bo‘lgan yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Bundan tashqari, Xitoy tomoni bilan birga yerdan foydalanish islohotlari, mintaqaviy rivojlanish va urbanizatsiya strategiyasi, bandlik va ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish, oziq-ovqat va strategik zaxiralarni boshqarish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Mavzuga oid